«Mazali somsa – faqat MuzA bilan!» pazandalik tanlovi

Aziz do‘stlar, milliy pishiriqlarimizning barcha muxlislarini pazandalik tanlovida qatnashishga taklif etamiz! Biz pishiriqlarni juda yaxshi ko‘ramiz, sevimli milliy taomlarimizdan biri ham – bu qarsildoq va ishtahani qitiqlovchi hidga ega somsa.

Go‘shtli somsa, ko‘k somsa va hatto mevali somsa – ularning qay birini tanlamang, somsa tayyorlash uchun «MuzA»  qatlamli xamiridan foydalansangiz u yanada mazaliroq bo‘ladi 🙂

O‘zbekcha somsa retseptlari juda ko‘p, ular avloddan-avlodga o‘tib keladi. O‘zbekistonning har bir hududida somsa tayyorlashning o‘ziga xos usullari mavjud. Shunday ekan, obunachilarimizni o‘zlari biladigan somsa retseptlari bilan bahamlashishga taklif etamiz. Birgalikda mazaliroq, shunday emasmi?! 🙂

Tanlovda qatnashish shartlari:

  1. Tanlov 2017-yilning 18-oktabridan 10-noyabriga qadar muza.uz saytida o‘tkaziladi
  2. Ishtirokchilar somsa tayyorlash retseptini qadam-baqadam yozishlari kerak. Har bir bosqich fotosuratga olinishi zarur. Har bir retseptda tayyor taomning yorqin va chiroyli yakuniy fotosurati bo‘lishi lozim J
  3. Somsa milliy taomlar uchun «MuzA» qatlamli xamiridan tayyorlanishi kerak (mahsulot o‘rami va xamir tanlov fotosuratlarida aks etishi kerak)
  4. Retseptlar rus va (yoki) o‘zbek tillarida qabul qilinadi
  5. Retsept muallifi o‘zining haqiqiy ism-familiyasini (taxallusini emas) va aloqa uchun telefon raqamini ko‘rsatishi zarur
  6. Tanlov FAQAT Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun o‘tkaziladi
  7. Bir nafar ishtirokchidan faqat bitta (1) retsept qabul qilinadi
  8. Tanlovga taqdim etiladigan somsa uy sharoitlarida maishiy oshxona texnikasidan (noprofessional uskunadan) foydalangan holda tayyorlanishi zarur
  9. Somsa bevosita tanlov ishtirokchisi tomonidan tayyorlanishi kerak. Internetda topilgan va shaxsan sizga tegishli bo‘lmagan ishlar va hisobotlarni taqdim etish taqiqlanadi
  10. Somsa «Mazali somsa – faqat MuzA bilan!» tanlovi uchun maxsus tayyorlanishi lozim
  11. Retseptlar 2017-yil 10-noyabr soat 20:00 gacha info@muza.uz elektron pochtasiga qabul qilinadi
  12. Tanlovga yuborilgan barcha retseptlar muza.uz saytida va kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi (Facebook / Instagram / Telegram)
  13. G‘oliblar 2017-yil 15-noyabr kuni soat 20:00 gacha «MuzA»ning Facebook tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilinadi
  14. G‘oliblarga sovg‘alarni topshirish marosimi 2017-yil 18-noyabr kuni Toshkentdagi MuzA Markazida bo‘lib o‘tadi (Manzil: Toshkent, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 47-uy). Sovrinlar topshiriladigan vaqt haqida g‘oliblar email va/yoki telefon orqali xabardor qilinadi.

Tanlovda uchta sovrinli o‘rin ko‘zda tutilgan:

  1. SHIVAKI-4212 E elektr mini-pechi
  2. POLARIS PMG 2039A go‘sht qiymalagichi (1 da 3: go‘sht qiymalagich, qirg‘ich va to‘g‘ragich)
  3. POLARIS PHM 3009A qo‘l mikseri

P.S. sovrinlar pul ekvivalentida berilmaydi.

Sovrinlar eng ko‘p ball olgan ishtirokchilarga topshiriladi.

Tanlovga taqdim etilgan ishlarni (shu sohada katta professional tajribaga va pazandalik bo‘yicha tanlovlarda hakamlik qilish tajribasiga ega) nufuzli hakamlar hay’ati baholaydi:

  • Qodirova Nargiza – Sabfatek MChJ bosh texnologi («MuzA» SB)
  • Haydarova Farog‘at – «MuzA» Issiq pishiriqlar markazining bosh texnologi
  • Sklyarevskiy Yevgeniy – taniqli bloger va o‘zbek taomlarining muxlisi

Hakamlar hay’ati bahoni  www.muza.uz saytida e’lon qilingan har bir tanlov retseptiga bildirilgan sharhlarda qoldiradi. Hakamlar hay’ati taomning tayyorlanish texnologiyasini, uning original bezalishini va umumiy taassurotni baholaydi.

Baholash mezonlari:

Har bir tanlov ishi maksimum 15 ballga baholanadi. Ballarning bo‘linishi:

  • 1 dan 5 ballgacha retseptning batafsil tavsifi uchun (qadam-baqadam, hatto endigina o‘z faoliyatini boshlagan pazandalar uchun tushunarli bo‘lishi kerak);
  • 1 dan 5 ballgacha taomning vizual bezalishi uchun (shu jumladan chiroyli va original yakuniy fotosurat);
  • 1 dan 5 ballgacha retsept muallifining mahorati uchun.

Tanlov tashkilotchisi: «MuzA» SB (Sabfatek MCHJ).

Tanlovga o‘z ishlaringizni yuborar ekansiz, siz bilan aloqa qilish raqamingizni unutmang. G‘olib bo‘lgan taqdiringizda biz u orqali siz bilan bog‘lanishimiz mumkin. Sizlarga yangi pazandalik g‘oyalari, mazali pishiriqlar va omad tilab qolamiz!