Biz haqimizda

Bizning O‘zbekiston bozoridagi faoliyatimiz 2001-yil 5-oktabrda boshlangan.

Mahsulotlar Sveba Dahlen (Shvetsiya), Fritsch GmbH va Wachtel GmbH (Germaniya), Sofinor (Fransiya) kabi Yevropa kompaniyalarining zamonaviy uskunalarida ishlab chiqariladi.

Biz o‘z faoliyatimizda aynan iste’molchilarimiz kutgan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beruvchi eng yangi texnologiyalar va innovatsion ishlanmalardan foydalanamiz.

Qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida xalqaro sifat standartlariga amal qilinadi.

Kompaniya xodimlari turli millat va yoshdagi kishilardan iborat. Jamoamizda tinimsiz  mehnati bilan umumiy ishga o‘z hissasini qo‘shishga va erishilgan yutuqlarni ko‘paytirishga intilayotgan yuqori malakali mutaxassislar ishlaydi. Korporativ madaniyatning yuqori darajasi va har bir ishchining salohiyatini rivojlantirish – Kompaniyamizning kelajakdagi muvaffaqiyatidir.

Kompaniyamiz yirik ko‘rgazmalarning doimiy ishtirokchisi hisoblanadi. «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar majmuida o‘tkazilgan  «O‘zbekistonning eksport va investitsion salohiyati» ko‘rgazmasida stendimizga mamlakat  Prezidenti I.A. Karimov tashrif buyurdi.

Biz Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 2003-yil aprel-may oylarida o‘tkazilgan  «Eng yaxshi biznes-loyiha» tanlovining g‘olibimiz.

Biz pryaniklar, qatlamli va oshirma qatlamli xamirdan tayyorlangan mahsulotlar, qumoq xamirli va sulidan tayyorlangan pechenelar, muzlatilgan yarimfabrikatlar kabi xamirli qandolat mahsulotlarini ishlab chiqaramiz.

Mahsulotlarimizning asosiy afzalligi shundaki, ular xech qanday konservantlar va stabilizatorlarsiz  tabiiy xomashyolardan tayyorlanganligi bois iste’molchilar tomonidan qadrlanadi. 

Korxonamiz doimiy ravishda ishlab chiqarishni kengaytirgan va texnologiyalarni takomillashtirgan holda O‘zbekiston oziq-ovqat bozorini yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashni oldiga maqsad  qilgan.

Keng assortimentda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, barqaror sifat, hamyonbop narxlar va har bir mijozga individual yondashuv «MUZA» savdo belgisini biznesda ishonchli hamkor sifatida xarakterlaydi.

Shirinliklarni ishlab chiqarishda biz eng avvalo iste’molchilarimiz xaqida o‘ylaymiz. Mahsulotlarimiz har bir xonadonga quvonchu-shodlik olib kirishini, baxtiyor onlar esa yanada ko‘payishini xohlaymiz!

O‘zimizga bo‘lgan ishonch, aniq maqsadni ko‘zlash va yetakchi bo‘lish – bizning vazifamizdir.