Yekaterina Kuznetsovadan “Uchtalik” somsa

Muallif: Yekaterina Kuznetsova

Somsani tayyorlash uchun quyidagi masalliqlar kerak bo’ladi:

  • “Muza” hamiri
  • 2 dona kartoshka
  • 1 dona piyoz
  • 50 gr. pishloq
  • 50 gr. qiyma
  • 1 dona pomidor (kichkina)
  • 1 dona tuxum
  • Ko’katlar (kinza, ko’k
  • Tuz, ta’bga ko’ra murch
  • Bezak uchun ozgina sedana

Tayyorlanishi:

1- aralashma Qiyma, mayda to’g’ralgan piyoz, mayda kubik qilib to’g’ralgan pomidor va kinzani aralashtiramiz
2- aralashma Mayda kubik shaklida to’g’ralgan kartoshka va pishloq (iloji boricha kartoshka bilan bir xil shaklda)
3- aralashma Mayda to’g’ralgan ko’k piyozga to’g’ralgan qaynatilgan tuxum qo’shiladi.
Hamir yoyiladi va stakan yordamida dumaloq shaklda kesib chiqiladi. Hamir o’rtasiga aralashma solinadi va hamir chetlari o’rtaga olib kelingan holda mahkamlanadi. Aralashmalar o’zgartirib turiladi. Tayyor bo’lgan somsalarga tuxum sarig’i suriladi va sedana sepiladi.
200 gradusda 40 daqiqa davomida pishiriladi.
Tayyor bo’lgan somsalarning 3 xilidan olib sixga birlashtiriladi.
Hamir juda mayin chiqadi va og’izda eriydi!

 

Yoqimli ishtaxa!

  • Evgeniy Sklyarevskiy

    Описание рецепта — 4
    фото — 3
    Мастерство и оригинальность — 5

  • Фарогат Хайдарова

    Описание рецепта — 4
    фото — 4
    оригинальность — 4

  • Наргиза Кодирова

    Описание рецепта — 5
    фото — 5
    оригинальность — 4