logoO’zbekcha
Biz kimmiz?

Biz non, muzlatilgan yarim tayyor mahsulotlar hamda qandolat mahsulotlariga ixtisoslashgan zamonaviy ishlab chiqaruvchi korxonamiz. Bizning maqsadimiz – sinovdan o’tgan retseptlar bo'yicha qalb bilan tayyorlangan tabiiy, yangi va chinakam mazali mahsulotlar bilan sizni bahramand qilish. Vaqt sinovida o'tgan sifatni tanlang!

photo
decor
icon
30+
Hamkorlar
decor
icon
50+
Mahsulot turlari
decor
icon
250+
Хodimlar
decor
icon
24
Yil bozorda
bg
Hammasi qanday boshlandi?
2001
Birinchi qadamlar
«NONASH» kompaniyasi tashkil etildi. «Славянские» pryaniklari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. 72 kv.m maydonli bino ijaraga olindi.
2002
O'sish uchun birinchi qadamlar
Kompaniya foyda ko‘ra boshladi. Ishlab chiqarish hajmi kengaytirildi.
2003
E’tirof va investitsiya
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) tomonidan o‘tkazilgan kichik va o‘rta bizneslar tanlovida ishtirok etdi va 1-o‘rinni egallab, 20 ming yevro mukofot oldi. Muzlatilgan xamir ishlab chiqarish uskunasini xarid qilish rejalashtirildi.
2005
"МузА" Paydo bo'lishi
Kompaniya O'zbekistonda “МузА” savdo belgisi ostida muzlatilgan xamirni birinchi ishlab chiqaruvchisi bo'ldi.
2007–2010
Yevropa tajribasi
Yevropadan mutaxassislar taklif qilindi. Yangi mahsulotlar ishlab chiqildi. Yangi mahsulotlar O‘zbekiston bozoriga taqdim etildi.
2018
O'sish, miqyos va yangilanish
Kompaniya xodimlari soni 120 taga yetdi. Oylik aylanma hajmi 1 milliard so‘mdan oshdi. Rebrending va qadoqlash dizayni yangilanishi boshlandi.
2019
Rebrеnding
To‘liq rebrending amalga oshirildi: brend uslubi va qadoqlash yangilandi. Xodimlar soni 250 nafardan oshdi.
2021
"MузA" Turkiyada
Kompaniya texnologlari Turkiyaning Konya shahriga tajriba almashish va mahsulotlarni taqdim etish uchun tashrif buyurdi. 12 xil mahsulot taqdim etildi: qatlamli quloqlar, tayoqchalar, sulili pechenyelari va mayizli qatlamli rollar. “МузА” xamiridan tayyorlangan o‘zbekcha somsa turk iste’molchilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
2023-2025
Kelajak hozir qurilmoqda
Kompaniya rivojlanishda davom etdi, yangi texnologiyalar joriy qilindi va mahsulot assortimenti kengaytirildi. Xalqaro bozorga chiqish va mahalliy bozordagi mavqeni mustahkamlash rejalashtirilmoqda. Yangi bino qurilishi.
1. Sizni mahsulotlaringizni qayerdan olsak bo'ladi?
Katta bozorlarda va minimarketlarda. @muza_market_bot telegram botimiz orqali ham buyurtma berishingiz mumkin.
2. Yetkazib berish mavjudmi?
Albatta @muza_delivery_bot telegram boti orqali buyurtma berganingizda
3. Qanday sizlarga ishga joylashish mumkin?
Ma'lumotlaringizni veb-saytdagi "Aloqa" bo'limida qoldiring.
Bizning hamkorlarimiz
Loading...
Loading...
Loading...
Loading...
Loading...
Loading...